O‘zLiDeP deputati uychilik 20 nafar yoshlarni bandligini ta’minlamoqchi

28.09.2020, 17:17

O‘zLiDeP deputati uychilik 20 nafar yoshlarni bandligini ta’minlamoqchi

O’zLiDeP Namangan viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Uychi tumanining Churtuk mahallasida joylashgan “Mega ice home invest” korxonasida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda mazkur korxona rahbari Uychi tuman kengashi deputati Yoqubjon Dadaxanov tadbirkorlik sir asrorlari va o‘z faoliyati bo‘yicha yoshlarga so‘zlab berdi.

Dukkaklik mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan ushbu korxona ishga tushishi hisobiga 20 nafarga yaqin yoshlar bandligi ta’minlanadi.

Loyihaning yillik quvvati esa 6 turdagi 3000 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, ushbu mahsulotlarni Xitoy Xalq Respublikasi hamda MDX davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida korxona rahbari ishga joylashish istagida bo‘lgan yoshlarni ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishtirdi va birgalikda ishlashga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Yulduz Yuldasheva,

O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    608
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+