O`zLiDeP Sayxunobodda qancha yoshlarni qamrab olgan?

28.09.2020, 17:21

O`zLiDeP Sayxunobodda qancha yoshlarni qamrab olgan?

O`zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada partiyaning yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, yoshlarga qaratilgan partiyaviy loyihalarni amalga oshirishda ularning yanada faolligi, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, “Yoshlar qanoti”ning o‘tgan davrda amalga oshirgan ishlari hamda kelgusida rejalashtirilgan vazifalariga atroflicha nazar tashlandi.

Bugun partiyamiz tuzilmalari tomonidan o‘tgan davrda qilingan ishlarni sarhisobini qilar ekanmiz, barcha vazifalar, ishlar ko‘lami avvalo mamlakatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasi asosida tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tish lozim.

2020 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra “Yoshlar qanoti” tarkibida 1056 nafar yoshlar birlashgan bo‘lib, ular jami partiya a’zolarining 61 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, tumanda 77 ta partiya boshlang‘ich tashkilotlarining 61 tasini, yoki qariyb 80 foiziga yaqinini 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yetakchilik qilishmoqda.

Konferensiyada yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham ochiq oydin tahlil qilindi. Muammolar, jamiyatimiz hayotida sodir bo‘lgan dolzarb mavzularni tegishli mutasaddi idoralar ishtirokida keng muhokama qilish orqali o‘z yechimini topishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Tadbir davomida “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashining yangi tarkibdagi 15 nafar a’zolari tasdiqlandi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferensiyadan so‘ng O'zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi tomonidan  yosh tadbirkor Alisher Burxonov xonadoniga tashrif buyurildi. Mo‘‘jazgina hovli – 1 sotix maydonda tashkil qilngan issiqxonadan tadbirkorlar oilasi  bulg‘or qalampirining “Jipsi” yupqapo‘choq navini yetishtirishgan ekan. Shuningdek Alisher Burxonov issiqxonadagi 6 tup limon ko‘chatining har biridan  200 kilogrammga yaqin hosil olishga erishmoqda. Undan tashqari ertagi pomidor, bodring ko‘chatlaridan ham mo‘l hosil olayotgan tadbirkorlar xonadoni halol mehnat evaziga to‘kis.

Tadbirkor xonadonidan yoshlar katta tassurot olib chiqdilar.           

                                                                                Abdujabbor Ernazarov,

                                             O`zLiDeP Sayxunobod tuman

Kengashi Apparat rahbari

  • Ko'rildi
    535
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+