“Deputat soati”da yoshlar o‘z muammolarini ochiq aytishdi

19.01.2018, 11:48

 “Deputat soati”da yoshlar o‘z muammolarini ochiq aytishdi

O‘zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi tomonidan  kuni kecha shahar tibbiyot kolleji o‘quvchi yoshlari uchun maxsus “Deputat soati” tashkil qilindi.

Uchrashuvda partiya shahar bo‘limi xodimlari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Shuhrat Xolmurodov, Mahmud Normamatov, partiya shahar bo‘limi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Muhammadov va “Yosh liberallar” klubi a’zolari, kollej o‘quvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda deputatlar tomonidan o‘quvchilarga O‘zLiDePning faoliyati, deputatlar vazifalari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tildi. Suhbat davomida Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi bo‘yicha 2018 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida so‘z bordi.

– “Deputat” degan so‘zni ko‘p eshitganmizu, lekin ularning faoliyati haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas edik, – deydi tibbiyot kolleji o‘quvchisi  Sh.Boboyeva. – Bugun deputatlarimiz biz yoshlarning yig‘ilib qolgan savollarimizga batafsil javob berishdi. Bundan tashqari, yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar bilan bir qatorda, Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi xususida ham fikr almashdik.                                                                             

Tadbir davomida talaba yoshlar deputatlik faoliyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarga doir o‘zlarining qiziqtirgan savollariga partiya xodimlari hamda deputatlardan javob olishdi.

 M.XUDAYBERDIYEVA,

 Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhining

 ijrochi kotibi 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+