O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi sayyor qabulida paxtaobodlik 30 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi

19.01.2018, 12:07

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi sayyor qabulida paxtaobodlik 30 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi hamda “Ayollar qanoti” tomonidan Paxtaobod tumanida sayyor qabul tashkillashtirildi.

Muborak Tursunova Paxtaobod tumani, Bobir mahallasi 23-xonadonda istiqomat qiladi.  Keksa onasining parvarishi bilan band. Sababi onasi bir necha yillardan buyon to‘shakka mixlanib qolgan. Sayyor qabulda M.Tursunova onasining nogironlik aravachasiga muhtojligi yuzasidan murojaat kildi. Mazkur masala shu joyning o‘zida partiya Paxtaobod tuman Kengashi apparat rahbari Feruzaxon Mirzarahimova hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman bo‘limi rahbari bilan hamkorlikda hal etildi.  

– Farzandim 4 yoshga to‘ldi, – deydi Ko‘ktunlik mahallasida yashovchi Chinoraxon Meliqo‘ziyeva. – Biroq shu vaqtgacha mahalladan farzandimning ta’minoti uchun nafaqa puli ololmay ovvoraman. Oilaviy sharoitim yaxshi emas, o‘zim hech qayerda ishlamayman. Bir necha bor mahalla mutasaddilariga murojaat qildim, kerakli hujjatlarni olib chiqdim. Ammo natija bo‘lmadi. Bugun partiya yordami bilan muammoim hal etildi.

Eng asosiy yangilik. Sayyor qabulda ish so‘rab murojaat qilgan 30 nafar xotin-qizning hammasi yangi ochilayotgan tikuv sexiga ishga joylashishdi.  

Olimjon TALIPOV,

O‘zLiDePAndijon viloyat Kengashi

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1389
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+