O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” bir maqsad yo‘lida jipslashmoqda

07.10.2020, 10:36

O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” bir maqsad yo‘lida jipslashmoqda

O`zLiDeP viloyat Xorazm viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti”ning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada “Yoshlar qanoti” faoliyatining o‘tgan davrdagi faoliyati atroflicha sarhisob qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2020 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida partiya a’zolari soni 47 510 nafarni tashkil etib, shulardan 25 366 nafarini 34 yoshgacha  bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

O‘tgan vaqt mobaynida partiya yoshlar qanoti tomonidan bir qator partiyaviy loyihalar amalga oshirilishi natijasida ko‘plab yoshlarimiz o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishdi, minglab yoshlarmiz bandligi ta’minlandi, turli kasb-hunarlarga jalb qilindi. Pandemiya davrida ham yoshlarimiz, yosh deputatlarimiz mehr saxovat ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Jumladan, Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputati  Maqsad Sabirov yosh bo‘lishiga qaramay karantin davrida “Xorazm dizenfeksiya markazi” xususiy korxonasini tashkil etib, 50 nafar vaqtincha ishsiz yoshlarlarni mavsumiy ish bilan ta’minladi. Shuningdek, o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “Xorazm uy ichi gaz servis” MChJda ham 25 nafar yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlandi.

Urganch shahar Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Omonboy Saburovning tashabbusi bilan “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan joriy yilning o‘zida 98 nafar tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga 9 mlrd 380 mln so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada 301 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi. 

Konferensiya kun tartibida partiya “Yoshlar qanoti”ning istiqbolga mo‘ljallangan Kompleks chora-tadbirlar rejasi va dasturlari muhokama etildi va yo‘l xaritasi ko‘rib chiqildi.

Konferensiyada “Yoshlar qanoti” guruhi va Jamoatchilik Kengashi tarkibi ko‘rib chiqildi va 23 nafar yoshlardan iborat “Yoshlar qanoti” Jamoatchilik Kengashi tarkibi  tasdiqlandi.  5 nafardan iborat yoshlar partiya Respublika “Yoshlar qanoti” ning konferensiyasiga delegat qilib saylandilar.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan yoshar “Yoshlar qanoti” faoliyatini yanada jonlantirish borasida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Partiya faoliyatini targ‘ib qilishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.

O`zLiDeP viloyat Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    701
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+