Farg‘onalik deputatlar qonun loyihalariga 50 dan ortiq taklif berishdi

19.01.2018, 15:04

Farg‘onalik deputatlar qonun loyihalariga 50 dan ortiq taklif berishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlaridagi guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda partiya Dasturini bajarish doirasida qonunchilik tashabbusini izchil va maqsadli amalga oshirish qobiliyatini shakllantirish maqsadida Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida amaliy muloqot tashkil etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDePning Oliy Majlis fraksiyasi ijrochi kotibi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, partiyaning tuman va shahar Kengashi xodimlari, mutasaddi tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etgan muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yalpi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilingan Qonun loyihalari keng muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni loyihalari yuzasidan 50 dan ortiq takliflar berildi.

– Bugungi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yalpi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilingan Qonun loyihalarini mutasaddi tashkilotlar, partiya elektorati, partiyaning tuman va shahar Kengashi xodimlari, sohaga aloqador mutaxassis ekspertlar bilan birgalikda keng muhokama qildik, – deydi O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati R.Kamolov. – Qonun loyihalariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda, o‘z takliflarimizni berdik. O‘ylaymanki, bu tarzda tashkil etilayotgan muhokamalardan so‘ng qabul qilingan qonunlar xalqimizning manfaatiga xizmat qiladi.

A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1463
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+