Shijoatli O‘zLiDeP faoli konferensiya delegatligidan nega chiqarildi?

08.10.2020, 18:12

Shijoatli O‘zLiDeP faoli konferensiya delegatligidan  nega chiqarildi?

Ma’lumki, O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” Nizomiga muvofiq an’anaviy o‘tkizilib kelinayotgan Respublika Konferensiyasiga hududiy “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashlaridan delegatlar saylash davom etmoqda.

Kuni kecha partiyaning Navoiy viloyati Kengashi tomonidan bo‘lib o‘tgan “Yoshlar qanoti” hisobot saylov konferensiyasida ham delegatsiya tarkibi ko‘rib chiqildi.

Bir guruh O‘zLiDeP faollari, deputatlar, OAV xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur Konferensiyada dastlab viloyat “Yoshlar Qanoti” jamoatchilik Kengashining yil davomida amalga oshirgan ishlari, galdagi vazifalar, hududiy partiya tashkilotining kelgusi yil chora-tadbirlar yo‘l xaritasi muhokamasi kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, Kengashning to‘qqiz oylik faoliyati qoniqarli emasligi hisobga olinib, “Yoshlar qanoti”ning yangi tarkibi tuzildi. Konferensiya ishtirokchilarining takliflariga binoan yosh deputat Behzod Savurov Navoiy viloyati “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi raisi etib tayinlandi va Kengash ishini yangi yo‘nalishlar, yangi tamoyillar asosida faollashtirish vazifasi yuklatildi.

Kun tartibidagi yana bir masala - “Yoshlar Qanoti” Respublika Konferensiyasiga delegatlar saylovi qizg‘in bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Delegatsiya tarkibini tuzishda gender tenglik hisobga olinmagani ishtirokchilar tomonidan norozilik keltirib chiqargani bois, shijoatli faol sifatida tarkibga kirgan Quanshbek Yerejepbayev o‘rniga “Yoshlar qanoti” Navoiy shahar Kengashi faoli Merey Amanbayeva nomzod etib ko‘rsatildi.

Konferensiya yakunida O‘zLiDeP Navoiy viloyati “Yoshlar qanoti” Kengashi  sa’y-harakati bilan 34 nafar yoshlarning ishsizlik muammolari bartaraf etilgani alohida e’tirof etildi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    739
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+