Jizzaxda mutasaddilar maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha deputatlarga hisobot berdi

12.10.2020, 15:32

Jizzaxda mutasaddilar maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha deputatlarga hisobot berdi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashi “Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya” doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya  raisi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Erkin Xolmatov olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan “Respublika hududlarida maishiy va qurilish chiqindilarini yig‘ish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi dolzarb masalalar”ga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vzifalar va davlatimiz rahbarining joriy yil 29 sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosining tumanlarda bajarilishi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Mirzacho‘l tumani hokimining Kapital qurilish, kommunikatsiyalar va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari  F.Raxmatovning axboroti tinglanib, ma’lumot uchun qabul qilingan bo‘lsa, ularning Baxmal, Zarbdor va Zomin tumanlaridagi hamkasblari vaqtincha karantinga olinganligi munosabati bilan ularning axborotini eshitish doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladigan bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, Mirzacho‘l tumanidagi mavjud 12 ta MFYdagi 42 783 nafar aholidan 12 ta MFYdagi 38 439 nafar  aholiga “Toza hudud” DUK  tuman filiali tomonidan 4 ta maxsus texnikalar yordamida sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Ko‘rsatilgan sanitar tozalash xizmatlari uchun bir oylik rejasi 93 922 500 so‘m bo‘lib, 2020 yil 1 oktabr xolatiga tumanda  496 560 151 so‘m debitor qarzdorlik mavjud.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli obodonlashtirish ob’ektlariga va tadbirkorlik sub’ektlariga chiqindi qutilari o‘rnatilmagan. Tuman hududida joylashgan 12 ta MFY, QFYlardan shu kunga qadar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi tomonidan 8 ta MFY, QFYlarda aholi tomonidan chiqarilgan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash natijasida hosil bo‘lgan 8 ta noqonuniy chiqindixonalar aniqlanib, hozirgi kunga qadar 4 tasi (“Gulzor” QFY, “O‘zbekiston” QFY, “Bog‘bon” QFY, “Yangidala” QFY) bartaraf qilinmagan.

Shuningdek, 2020 yil 9 oyi davomida 111 ta tashkilotga
77 190,4 ming so‘m kompensatsiya to‘lovi hisoblangan bo‘lib, 66 ta tashkilotdan 61 558,1 ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar davlat budjetiga undirib olingin.

Hozirda tuman bo‘yicha 63 ta tashkilotlar tomonidan  15 632,3 ming so‘m kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmagan.

Kun tartibidagi masalalar atroflicha o‘rganilib, bir qator qarorlar qabul qilindi.

Olim NORJIGITOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

deputatlik guruhlari bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    110
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+