O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etdi

19.01.2018, 16:45

O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etdi

 O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi  “Siyosiy ta’lim markazi” va “Ayollar qanoti” bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi va joriy yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan “Xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish va ularning muammolarini o‘rganish masalalari” mavzusida seminar o‘tkazdi.

 Tadbirda O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi xodimlari, tumandagi “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Xalq banki” va boshqa tijorat banklari xodimlari,  “Yagona darcha” markazi, tadbirkor ayollar va OAV vakillari  ishtirok etdi.  

Tadbirda  xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, hunarmandchilik tadbirkorligini oshirish,  ayollarning partiyaviy loyihalardagi keng ishtirokini ta’minlash, xotin-qizlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

– Bugungi kunda  mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq bilan muloqot prinsipiga hamohang bo‘lib, har birimizning ish faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilib kelmoqda, –  dedi O‘zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Siyosiy ta’lim markazi” rahbari  N.Turemuratova. – Shu bois xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratyapmiz. Bugungi o‘quv-seminar ham ana shu maqsad ro‘yobiga xizmat qilayotir.

 Seminar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Tadbirkor xotin-qizlar tomonidan berilgan savollarga “Yagona darcha” markazi mutaxassislari javob berdi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1411
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+