O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Respublika konferensiyasiga Toshkent shahridan delegatlar saylandi

13.10.2020, 17:45

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Respublika konferensiyasiga  Toshkent shahridan delegatlar saylandi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti”ning Konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda “Yoshlar qanoti”ning o‘tgan yillar davomidagi faoliyati tanqidiy-tahliliy sarhisob qilindi.

Hisobot davrida yoshlarda ishbilarmonlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish, yosh tadbirkorlarning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, yoshlar tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarni xususiy sektor faoliyatiga keng jalb qilish, biznes tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borildi.

Xususan,  mehnat bilan band bo‘lmagan, vaqtincha ishsiz, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lganlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Yosh mulkdor - yurt tayanchi”, “Ishbilarmon talaba”, “Yosh innovatsiyachi”, “Yosh tadbirkorlar va fermerlar” forumi, “Yosh liberallar klubi” loyihalari doirasida 20 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi. Ish bilan band bo‘lmagan yoshlarni tadbirkorlik sohasiga jalb qilish, ularni bandligini ta’minlash borasida ham 100 dan ortiq tadbirlar tashkil etilib, 500 nafarga yaqin yoshlarning bandligi tam’inlandi.

Konferensiyada partiya yoshlar qanotining “Yo‘l haritasi” ishlab chiqilib, Jamoatchilik a’zolari va partiya faollariga taqdim etildi. Unda qator partiyaviy loyihalar, turli mavzularda seminar va muloqotlar tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.

O‘zLiDeP Yoshlar qanotining Respublika konferensiyasiga  delegatlar  saylandi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    625
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+