O‘zLiDeP deputati ko‘magida shumanaylik Malika Taubemuratova imtiyozli kredit oldi

19.01.2018, 17:19

O‘zLiDeP deputati ko‘magida shumanaylik Malika Taubemuratova imtiyozli kredit oldi

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan saylangan deputatlar Zafar Xaniyazov va Qutlimurod Babashev Shumanay tuman aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishish, aholining taklif va muammolarini o‘rganish hamda uni bartaraf etishdan iborat edi.

Tashrif davomida deputatlar “Birleshik” ovul fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika  inspektori bilan ham uchrashib fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Aholi bilan uchrashuvlarda O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Z.Xaniyazov ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari sonini yanada ko‘paytirish,  tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish, sartaroshxona va  mahalla guzarini tashkil etish kerakligini takidladi.

Uchrashuv so‘ngida “Monshaqli” mahallasida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Malika Taubemuratova o‘zi boshqarayotgan  xususiy korxonasini kengaytirib, unga banner ishlab chiqaruvchi uskuna zarurligini aytdi. Deputatlar mazkur murojaat asosida tuman Xalq banki, hamda Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi bilan hamkorlikda M.Taubemuratovaga imtiyozli kredit olish uchun amaliy yordam ko‘rsatdi.

.O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1361
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+