Hamdardlik bildiramiz

20.01.2018, 17:39

Hamdardlik bildiramiz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi barcha a’zolari va tarafdorlari nomidan shu yil 18 yanvarda Qozog‘iston Respublikasi Aktyubinsk viloyatidagi Samara-Chimkent trassasida ro‘y bergan fojiali voqea va ko‘plab insonlar o‘limi munosabati bilan chuqur hamdarlik bildiradi.

Ushbu dahshatli fojia qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz. Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi O‘zLiDePda ham bu mudhish xabarni qayg‘u alam bilan qabul qildik, boshingizga tushgan musibatga biz ham hamdardmiz!

Afsuski, bu fojiali voqea mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash va turmush sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirishning prinsipial muhimligini aks etadi. O‘zLiDeP yurtdoshlarimizni o‘z Vatanida ishga joylashtirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun imkon qadar qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni kelgusida ham o‘zining strategik vazifasi sifatida belgilagan.

 

  • Ko'rildi
    1081
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+