Shumanayliklar deputat tashrifidan mamnun

20.01.2018, 16:54

Shumanayliklar deputat tashrifidan mamnun

Joylarda saylovchilar bilan uchrashish, aholini yangi qabul qilingan qonunlar bilan tanishtirish va keng miqyosda targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, 2018 yil Davlat dasturi loyihasiga bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalar bilan tanishish, shuningdek fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Q.Babashev va Z.Xaniyazov Shumanay tumanida bo‘lishdi.

Uchrashuvlar davomida deputatlar tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Xususan, Prezidentimizning 2017 yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifida Shumanay tumanida sutni qayta ishlovchi «Dosmurza sharua» fermer xo‘jaligini tashkil etish buyicha topshiriqlar berilgan edi.

- Ushbu loyihamiz tez kunlarda ishga tushirilish arafasida, - deydi fermer xo‘jaligi rahbari Ravshan Samandarov. Lekin, aholidan sut yig‘ib olish uchun «Damas» va «Damas labo» avtomashinalariga shartnoma olishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan edik. Partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan mazkur masala yuzasidan Qoraqalpog‘iston Avtotex xizmat korxonasiga deputatlik so‘rovi jo‘natildi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Avtosanoat rahbariyati bilan tez kunlarda shartnoma tuziladigan bo‘ldi. Prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlagan holda aholining farovon turmushiga o‘z hissamni qo‘shaman.

Shumanay ovul fuqarolar yig‘ini hududida qurilishi tugallangan Shumanay metan korxonasiga siqilgan gaz quyish uskunalarini xarid qilish maqsadida kredit olish uchun hujjatlar Qo‘ng‘irot Sanoatqurilishbankiga topshirilgan, lekin kredit mablag‘lari ajratilmaganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi. Bu masala ham deputatlar tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, bank rahbariyati ushbu korxonaga 2,5 mlrd so‘m kredit mablag‘i tez kunlarda ajratadigan bo‘lishdi.

Shuningdek, kollej bitiruvchisi Bayjanov Aytjan tumanda poyabzal ishlab chiqarish korxonasi ochish istagi borligini, lekin tegishli uskunalarni xarid qilish uchun kredit olishda kafili yo‘qligi muammosi borligini bildirdi. Tez kunlarda ushbu korxonaning Shumanay tumani filialini ochish masalasi ko‘rilib, amaliy yordam berilishi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatalarining tashrifi davomida «Birlenshik» OFY hududida aholiga servis xizmatlar ko‘rsatuvchi do‘konning zarurligi bo‘yicha murojaat qilingan edi. Bu masala «A.Karamatdinova» ko‘p tarmoqli xususiy firmasi tomonidan tez kunlarda yechim topiladigan bo‘ldi.

Bu kabi amaliy muloqotlar natijasida tuman aholisi o‘zlarining muammollariga ijobiy yechim topayotganidan mamnun.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+