Jizzaxlik “Yosh liberallar” tashabbus bilan chiqdilar

20.01.2018, 17:02

Jizzaxlik  “Yosh liberallar” tashabbus bilan chiqdilar

Prezidentimizning 2017 - yil 12 - iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida yoshlar masalasiga oid belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi qoshidagi “Yosh liberallar” klubi shakllantirilib, alohida ish reja asosida har haftaning seshanba, payshanba, juma kunlari “Tadbirkorlik va biznes”, “Biznes psixologiya”, “Siyosiy o‘quv” seminarlar o‘tkazilishi belgilab olingan edi.

Klub tarkibidagi “Kelajak deputatlari” va “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhlarining a’zolari  faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

 Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Yosh liberallar” klubining “Biznes psixologiya” bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminarida 30 nafar klub a’zolari va yoshlar ishtirok etdi.

Seminarda yoshlarga o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, uchrayotgan to‘siq va muammolarni qanday bartaraf etish yo‘llari, tadbirkorlikni boshlash, tashkil etish, uni boshqarish, biznes g‘oya tanlash, biznes loyiha ishlab chiqish va tadbirkorlik haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berildi.

 2018 yil  “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi muhokamasida yosh liberallarning har biri bittadan innovatsion loyiha ishlab chiqish, bir nafardan endi tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoki ishsiz yurgan uyushmagan yoshlar, yosh tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan va ular hayotida uchrayotgan muammolarni aniqlash taklifini bildirdilar.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    932
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+