Asosiy bo‘g‘inga e’tibor kuchaytirilmoqda

20.01.2018, 17:13

Asosiy bo‘g‘inga e’tibor kuchaytirilmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z faoliyati doirasida umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar, moddiy va intellektual mulk egalari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bu ishlarni amalga oshirishda eng muhim tuzilma bu shubhasiz boshlang‘ich partiya tashkilotidir.

O‘tgan 2017 yil davomida Partiyaning Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan partiya safiga a’zolarni qabul qilish, yangi boshlang‘ich partiya tashkilotlarini ochish sohasida bir qancha amaliy ishlar qilindi. Xususan, a’zolar soni 2468 nafarga oshib, boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni esa 43 taga ko‘paygan. Partiyaning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlar a’zolikka jalb qilish oldingi yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.

Partiyaning viloyat Kengashi tashabbusi bilan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida aholi farovonligini ta’minlash, tadbirkorlik va fermerlik sohalarini yanada rivojlantirish borasidagi muhim qarorlari, odamlarda tomorqalarni rivojlantirish asosida shaxsiy tadbirkorligini kuchaytirish, ularning tomorqadan unumli foydalanishini tashkil etish borasida boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan oilalarga biriktirildi. Buning natijasida 600 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotiga umumiy hisobda 3000 ga yaqin oilalar biriktirildi. Ular tomonidan 2500 dan ortiq xonadonlarga tashrif buyurilib, ularning o‘z tomorqasidan unumli foydalanishlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda ularning 1700 nafariga yerga ishlov berish, urug‘lik va boshqa masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan amaliy yordamlar qatorida birgina tomorqa masalalari bilan cheklanib qolmasdan oilalarning boshqa ijtimoiy muammolari ham deputatlar va tuman kengashlari orqali hal etildi.

2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va tehnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da Partiyamiz tomonidan boshlang‘ich partiya tashkilotlarini yanada faolligini oshirish, yuqori samaradorlikka erishish maqsadida o‘zining oldiga quyidagi ustuvor vazifalarni belgilab oldi.

Xususan, tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, mulkdorlar sinfi vakillarining qonuniy manfaatlarini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha yuqori partiya tashkilotiga doimiy tarzda tahliliy materiallar va takliflar taqdim etib borish tizimini rivojlantirish, BPT safini tadbirkor va fermerlar hisobiga doimiy ravishda oshirib borish, quyi bo‘g‘in a’zolarini qo‘llab-quvvatlash va muammolarni o‘z vaqtida hal qilish tizimini joriy qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilgan taklif, mulohaza va muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, shular jumlasidan.

A. Xamdamov

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

Boshlang‘ich partiya tashkilotlari

bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+