Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi

22.01.2018, 15:58

Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Partiya viloyat Kengashi mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘limi hamda Siyosiy ta’lim markazi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Xalq deputatlari viloyat hamda tuman (shahar) Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, O‘zLiDeP viloyati Kengashi xodimlari, partiya faollari hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarligi davrida viloyatimizda turli sohalarda mehnat qilib, u kishi bilan bevosita uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan insonlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan buyuk davlat arbobi bo‘lganligi haqida aytib o‘tdilar. Islom Abdug‘aniyevich butun umrini jonajon O‘zbekistonimiz uchun, uning ozodligi va buyuk kelajagi uchun bag‘ishlaganligi, Vatanimiz tarixida yangi davr boshlangan kun — 1991 yil 31 avgustda Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgani e’tirof etildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli hujjatli filmi namoyish etildi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    8581
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+