Yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish – asosiy maqsadimiz

22.01.2018, 16:27

Yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish – asosiy maqsadimiz

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Amudaryo tuman Kengashlari tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida “Yosh liberallar” klublari faoliyatini jadallashtirish”  mavzusida tuman hokimligi kichik majlislar zalida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv-seminarda O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Muqaddas Beknazarova “Yosh liberallar” klubining asosiy maqsadi va vazifasi yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa ko‘shishdan iborat ekanligini  ta’kidladi.

Shuningdek, o‘quv-seminar davomida Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi bo‘yicha partiyamiz tomonidan 2018 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar bilan bir qatorda, Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.             

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar deputatlik faoliyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bu kabi o‘quv-seminarlarning tashkil etilishi yoshlarning siyosiy bilimlarini yanada oshirishga va ularda faol fuqoralik pozitsiyasining shakllanishiga zamin yaratadi.

Islam PIRNIYAZOV,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi  Yoshlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+