Deputatlar aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazmoqda

22.01.2018, 17:05

Deputatlar aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat azolaridan bir guruhi hamda O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi xodimlari viloyatimizning Oqoltin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda. Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari joylarda bo‘lib, hududlarni kompleks rivojlantirish, xalqning turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda, ularning yechimini joyida hal etishga ko‘maklashmoqda.

Deputat va senatorlar uchrashuvlarda aholining turmush tarzi bilan tanishib, har bir mahalla va xonadonning o‘ziga xos ijtimoiy-manaviy muhiti, hududga xos yutuq va kamchiliklar, muammolarni atroflicha tahlil qilgan holda mahalliy hokimliklar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga partiyamizdan saylangan  deputatlar bilan ikki kun mobaynida Andijon, Farg‘ona mahallalaridagi 50 dan ziyod xonadonda bo‘lib, 100 dan ortiq fuqaro bilan muloqot o‘tkazdik, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Komil Ernazarov. – Murojaatlarning oltitasini – nogironlik aravachasi olib berish, kasallarga homiylarni biriktirish, ichki yo‘llarni tamirlash, elektr taminoti tizimidagi nosoziliklar kabi muammolar joyida hal etildi. Aholini gaz, toza ichimlik suvi va suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan taminlash nazoratga olindi.  

Parlament vakillari Oqoltin tumani qishloq va mahallalarida aholi bilan o‘tkazayotgan yuzma-yuz muloqotlarda aholi tomonidan bandlik, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tijorat banklari faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati kabi bir qator ijtimoiy, iqtisodiy muammolar o‘rtaga tashlanmoqda. Ishchi guruhi azolari har bir murojaatni chuqur o‘rganib tuman va viloyat darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarni mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari ishtirokida joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1712
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+