Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi xotin-qizlarga ko‘maklashmoqda

22.01.2018, 17:44

Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi xotin-qizlarga ko‘maklashmoqda

 O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” mavzusida chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ayollar ishtirokida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bir qator xotin-qizlarga Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir davomida Uzun tuman “Xalqabod” qishlog‘ida yashovchi Zebiniso Xudoyberdiyeva tuman hokimi zaxirasida turgan 1 gektar yerni pistazor qilib tadbirkorligini boshlomoqchi ekanligi to‘g‘risida murojaat qildi. Mazkur masala Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputlik guruhi a’zolari tomonidan atroflicha o‘rganilib, deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur so‘rov bo‘yicha Zebiniso Xudoyberdiyevaga 50 sotix yer ajratib berildi.

 Matluba JO‘RAEVA,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi,

jamiyatdagi o‘rni va mavkeini

oshirish bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1284
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+