Prezidentimiz belgilab bergan vazifalar ijrosi surxondaryoliklar turmush farovonligini yanada oshirishiga ishonaman

22.01.2018, 20:31

Prezidentimiz belgilab bergan vazifalar ijrosi surxondaryoliklar turmush farovonligini yanada oshirishiga ishonaman

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi mobaynida viloyatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar bilan tanishdi. Yurtboshimizning surxondaryolik  faollar  bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida men ham ishtirok etdim.

To‘g‘risini aytsam, viloyatimizdagi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar meni quvontirib yubordi. Ayniqsa, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi Termiz filiallarining ochilishi barcha qatori meni ham ruhlantirib yubordi. Davlatimiz rahbari tumanimizda ko‘p yillarda buyon yechimini topmay kelayotgan muammolardan biri Shargun shaxta ko‘mir konini ishga tushirilishi, tumanimiz markazi shaharsozlikdan ancha orqada qolib ketgani haqida ham ochiq gapirib, o‘z taklif-tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, Prezidentimiz e’tirof etgan – Sariosiyo tumanida hisori zotli qo‘ylarini kupaytirishni yanada rivojlantirish, meva-savzavotni qayta ishlash korxonalarini kupaytirish kabi vazifalar viloyatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Prezidentimizning videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ko‘lamidan kelib chiqib viloyatimiz yaqin orada ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohada rivojlanib respublikamizning yuqori o‘rinlaridan joy oladi.

     R.NODIROVA,

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1672
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+