Prezidentimiz Surxondaryoga tashrifi davomida ham innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratdi

22.01.2018, 20:39

Prezidentimiz Surxondaryoga tashrifi davomida ham innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida shahar va tumanlarda  amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish barobarida, viloyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining qimmatli taklif va tavsiyalarini ham bildirib o‘tdilar.

Xususan, Perzidentimiz Termiz tumanidagi “Inter Silk Pro” qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxonaga tashriflari davomida kelgusi besh yilda pillaxonalarni 10 mingtaga, pilla eksportini esa yiliga 1 milliard dollarga yetkazish zururligini ta’kidlab, mavjud barcha tutzorlar “O‘zbeksanoat” uyushmasiga berilishi va tut qatorlari oralig‘iga qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish taklifi berildi.

Shuningdek, yurtboshimiz Jarqo‘rg‘on tumanidagi “ASG Group” korxonalar uyushmasiga qarashli “Jarqo‘rg‘on meva-sabzavot eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish faoliyati bilan tanishish asnosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish bo‘yicha soha mutassadilariga ko‘rsatma va takliflarini berib o‘tdilar.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi davomida xorijiy investorlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish hamda zamonaviy innavatsion loyihalar bo‘yicha yangi tarmoqlarni o‘zlashtirish va shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratdilar.

Belgilab berilgan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar partiyamiz deputatlik guruhlari oldida ham katta mas’uliyat yuklaydi. Sababi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uning nazoratini olib borish, belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida bajarilishida partiya deputatlik guruhlarining nazorati muhim omildir.

Qurbon ShUKUROV,

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2063
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+