O‘zLiDeP deputatlari “Baqanshaqli” hududida bolalar bog‘chasi qurishga ko‘maklashadi

23.01.2018, 15:17

O‘zLiDeP deputatlari “Baqanshaqli”  hududida bolalar bog‘chasi qurishga ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Nukus tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini joylarda targ‘ib qilish va unda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida va joriy yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Nukus tuman Kengashi xodimlari, tumandagi “Baqanshaqli” OFY, “Paraxatshiliq”, “Aqmang‘it” PFY aholisi, tadbirkorlar va OAV vakillari  ishtirok etdi.  

Tadbir ishtirokchilari Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolariga o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

Tadbir davomida “Baqanshaqli” OFY hududida bolalar bog‘chasi yo‘qligi ta’kidlandi. Mazkur masala yuzasidan partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan maktabgacha ta’lim vazirligining tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi jo‘natilishi va bu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishi aytib o‘tildi.

– Prezidentimiz barcha sohalarda vaziyatni har tomonlama o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish uchun  chora-tadbirlar ishlab chiqishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada  kuchaytirish  kerakligini ta’kidlagan edi, – dedi Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Urinbay Nazarbayev. – Eng muhimi, hayotdagi o‘zgarishlarni xalqimiz bilishi va davlat hokimiyati tizimida o‘z vakili borligini his etishi kerak. Maxsus tuzilgan reja asosida fraksiyamiz a’zolari bilan joylarda uchrashuv, seminar-treninglar va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.              

Nasiba TUREMURATOVA,

O‘zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

huzuridagi siyosiy ta’lim markazi rahbari

  • Ko'rildi
    1584
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+