Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishidagi muhim qadam

23.01.2018, 16:02

Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishidagi muhim qadam

Mamalakatimizda xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlashni amalga oshirishga qaratilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturining iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchinchi yo‘nalishida soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliq va bojxona ma’murchiligini soddalashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish nazarda tutilgan. Bu orqali tadbirkorlik va fermerlikni yanada rivojlantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Tadbirkorlar uchun belgilangan soliqlarni kamaytirish, ayrim turdagi tadbirkorlarga imtiyozlar berish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga nisbatan past bo‘lgan hududlardagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanadi. Yangi innovatsion usullardan foydalanishga keng yo‘l ochiladi. Bu borada xorijiy davlatlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari natijasida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshiriladi.

Dastur ijrosi asosida nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatida muhim ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu imkoniyatlar orqali zamonaviy bilimlarni egallagan yetuk kadrlar tayyorlanishiga erishiladi

Bu kabi belgilangan vazifalarni amalga oshirishda partiyamiz faollari, deputatlik korpusi vakillari o‘z faolligini oshiradi.

A.Sulaymonov,

Xalq deputatlari Toshloq tuman

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi,

“Kelajak minbari” nodavlat o‘quv markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3602
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+