“Yosh liberallar” klubi a’zolari qonun loyihalarini muhokama qilishdi

23.01.2018, 16:51

 “Yosh liberallar” klubi a’zolari qonun loyihalarini muhokama qilishdi

O‘zLiDeP hududiy Kengashlari qoshida yoshlarning siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish, vatanparvarlik hissini kuchaytirishda vakillik organlari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, qonun loyihalariga yoshlarning doimiy ravishda takliflarini berib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish, qonun qabul qilish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini ta’minlash, deputatlar bilan doimiy muloqotini tashkil etish  mahallalarda ishsiz yurgan uyushmagan yoshlarni aniqlab, ularni ishga joylashtirish, yoshlar hayotida, yosh tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolarni o‘rganib Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar sessiyalariga kiritish orqali ijobiy yechimini topish choralarini ko‘rish maqsadida “Yosh liberallar” klubi tashkil etilgan edi.

Partiya Jizzax viloyat Kengashida faoliyat yuritayotgan ushbu klub a’zolari va yoshlar ishtirokida “Qonunlar farovon hayot garovi” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda yoshlarga mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan siyosiy yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan yangi qarorlar, farmonlar, yangi qonunlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, “Yosh liberallar” klubi a’zolari tomonidan joylarda keng muhokama qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalariga takliflar berildi.

  O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1221
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+