Davlat dasturida tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni ikki yil muddatga to‘xtatish belgilandi

24.01.2018, 19:10

Davlat dasturida tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni ikki yil muddatga to‘xtatish belgilandi

Kuni kecha yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolardan kelib tushgan 4,4 mingta takliflar asosida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmon o‘zining keng ko‘lami va ahamiyati jihatidan muhim omil sifatida aholining boshqa qatlami singari o‘zining mustaqil tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun ham keng imkoniyatlarga zamin yaratdi.

Xususan, farmondagi muhim jihatlardan biri tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni  ikki yil muddatga to‘xtatish belgilanganining o‘ziyoq, yurtimizda tadbirkorlik sub’ektlari safining yanada kengayishida muhim asos bo‘ladi.

Yana bir muhim jihat, jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish) bir oydan oshmasligi  belgilanganidir. Shu bilan birga mamlakatimiz adliya organlarining kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, chet el investorlari va chel el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi funksiya va vakolatlari chiqarib tashlandi. Bu tadbirkorlarimiz huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi yagona tizimni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Kelajagimiz uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilayotgan Farmonning yana bir muhim xususiyati shuki, tadbirkorlik sub’ektlari 2023 yil 1 yanvariga qadar yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilindi.

                                                                                                                                                    Alisher  RO‘ZIYEV,

                    O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

 raisi  vazifasini bajaruvchi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1596
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+