O‘zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi vakillik organlaridagi a’zolari orqali ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlamoqchi

26.01.2018, 12:36

O‘zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi vakillik organlaridagi a’zolari orqali ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlamoqchi

O‘zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi “Ayollar qanoti” hamda “Tadbirkor ayollar guruhi” hamkorligida “O‘zLiDeP tadbirkor va ishbilarmon ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ayollarning siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish, vatanparvarlik hissini kuchaytirishda vakillik organlari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, qonun loyihalarida tadbirkor va fermer ayollarning  doimiy ravishda takliflarini berib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, qonun qabul qilish jarayonlarida faol tadbirkor ayollarning ishtirokini ta’minlash, deputatlar bilan doimiy muloqotni tashkil etish, mahallalarda ishsiz ayollar bandligini ta’minlash, ular orasida uchrayotgan muammolarni o‘rganib, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar sessiyalariga kiritish orqali ijobiy yechim topish choralarini ko‘rish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda Partiya dasturida ayollarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida va tadbirkorlik faoliyatidagi o‘rnini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, ularning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash hamda bolalarda, ayniqsa, qizlarda jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg‘otish O‘zLiDePning ustuvor vazifasi ekani ta’kidlandi.

U.ISLOMQULOVA,

ayollarning siyosiy faolligi,

jamiyatdagi o‘rni va mavqeini

oshirish bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1751
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+