SAYYOR QABUL: Muammolarga yechim topilmoqda

26.01.2018, 12:49

SAYYOR QABUL: Muammolarga yechim topilmoqda

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida prokuratura, ichki ishlar, soliq, tijorat banklari, sog‘liqni saqlash, bandlikka ko‘maklashish markazi, kommunal xizmat idoralari rahbarlari va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Yozyovon tumanidagi Markaziy Farg‘ona mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham hududdagi muammolarga tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topishga kelishildi.

Sayyor qabulda hudud aholisi tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan muammolar aytib o‘tildi. Jumladan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ko‘chalarni yoritish bilan bog‘liq masalalar, oqava gaz yetkazib berishdagi mavjud muammolar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabulda bildirilgan barcha muammolar nazoratga olindi.  Muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va uning nazoratini mahalliy Kengashlarga O‘zLiDePdan saylangan deputatlar zimmasiga yuklashga kelishib olindi.

 A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1614
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+