O‘zLiDeP faoli 20 nafar yoshni ish bilan ta’minladi

26.01.2018, 14:37

O‘zLiDeP faoli 20 nafar yoshni ish bilan ta’minladi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash guruhi bo‘limi tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib daromad olayotgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat va Sharof Rashidov tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlari, “O‘zsanoatqurilishbank” viloyat bo‘limi xodimlari ishtirok yetdi. 

Uchrashuvda Sh.Rashidov tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Abdug‘affor To‘rayev xonadonida oilaviy hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, bir oyda 6 mln. so‘mdan ziyod  sof foyda olayotgani e’tirof etildi. U 20 nafar yoshni ish bilan ta’minlagani, kelgusida  faoliyatini yanada kengaytirib, ko‘proq ish o‘rni yaratishi uchun kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan o‘rganilib, tegishli idoralarga so‘rov yuborishga kelishib olindi.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi Pardavoy Nazarqosimov uzoq yillardan buyon issiqxona tashkil etib, har xil turdagi ko‘katlar yetishtirib kelmoqda. Daromadi yiliga 7-8 mln.ni tashkil etadi. Oila a’zolarining 4 nafari foydali mehnat bilan bandligi, hozirda issiqxonani kengaytirish uchun tijorat banklaridan 15 mln. so‘m kredit mablag‘i olishda amaliy yordam so‘radi. Ushbu murojaat yuzasidan “O‘zsanoatqurilishbank” viloyat bo‘limi xodimlari muammoni joyida hal etishdi.

Xolbek Asadov

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1332
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+