Davlat dasturi asl-mohiyatiga ko‘ra haqiqiy xalqchillik ruhi bilan yo‘g‘rilgan

26.01.2018, 14:56

Davlat dasturi asl-mohiyatiga ko‘ra haqiqiy xalqchillik ruhi bilan yo‘g‘rilgan

Chunki uni ishlab chiqishda keng aholi qatlamlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari bevosita ishtirok etdi.

Davlat dasturi faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari himoya qilinishining huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, soliq va bojxona siyosatini takomillashtirishga qaratilgan eng muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Prezidentimiz farmoni bilan tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish o‘tkazishga ikki yilgacha moratoriy e’lon qilindi, bu tadbirkorlik erkinligini ta’minlashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qayd etish zarurki, yer uchastkalari taqdim etilishining oshkoraligi va qonuniyligini ta’minlash uchun Internet tarmog‘ida elektron savdolarni joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo‘yicha tizim yaratish mo‘ljallanmoqda.

Ishonchim komilki, bularning barchasi tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, va nihoyat, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirish va fuqarolar turmush darajasi va sifatini yaxshilash borasida kuchli turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Rahim HAKIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiya a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1198
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+