Partiya hududiy Kengashlari tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 80 yilligini munosib nishonlash maqsadida tadbirlar tashkil etilmoqda

27.01.2018, 17:36

Partiya hududiy Kengashlari tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 80 yilligini munosib nishonlash maqsadida tadbirlar tashkil etilmoqda

O‘zLiDeP  Marg‘ilon shahar Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Mustaqillik me’mori” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi.

Tadbirda 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan Zubayda Ahmedova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati davomida suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etib, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratib, halq tinchligi va milliy totuvligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi hamda mukofotni shahsan Birinchi Prezidentimizning qo‘llaridan olganliklarini katta hayajoni bilan so‘zlab berdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori, O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan buyuk davlat arbobi bo‘lganligi, yurtimizni sobiq mustabid tuzumi qaramligidan ozod qilib, uni mustaqil davlat qilgan,  jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

A.Otaboyev,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi Matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    762
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+