Davlat dasturining uchinchi yo‘nalishida iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan

27.01.2018, 18:30

Davlat dasturining uchinchi yo‘nalishida iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining uchinchi yo‘nalishida iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

 Xususan, tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tibor va berilayotgan imtiyozlar bizni yanada shijoat bilan ishlashga undamoqda.

Dasturda  amalga oshiriladigan tadbir va taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va undan kutilayotgan natijalar aniq ko‘rsatib berilgan.

Unga ko‘ra tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish, banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Ayniqsa, soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirishda o‘z ehtiyoji uchun ob’ektlar qurayotgan yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlariga yagona soliq to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish huquqini berish shuningdek, kichik korxonalar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishni rag‘batlantirish tizimini joriy qilish nazarda tutilgani yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari va kichik korxonalar faoliyatini jonlantirish va iqtisodiyotimizning yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishida moddiy va ma’naviy rag‘bat bo‘ldi.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, tadbirkor  o‘zini va nafaqat oilasini va shu bilan birga davlatni ham boqadi. Bu borada davlatimiz rahbarining yaqinda Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida tadbirkorlarga bildirgan ishonchi bizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Bugungi kunda “Panamilk” savdo belgisi ostida aholiga sifatli sut va sut mahsulotlari yetkazib berayapmiz. Davlat dasturida nazarda tutilgan ishchilar sonini oshirayotgan, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan kichik korxonalarni yirik korxonalar toifasiga o‘tishini rag‘batlantirish mexanizmlarni joriy etilishi biz uchun ayni muddao bo‘ldi.

Tadbirkorlarga yaratilayotgan bu kabi imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalangan holda faoliyatimizni yanada kengaytirish, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib mahsulotlarni yetkazib berish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni katta maqsad qilib olganmiz.

Shuningdek, dasturda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari bilan birgalikda har oyda namunali, faol tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda ularni qiynayotgan muammolarni eshitish, qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rib borilishi esa samarali faoliyatimizning garovi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Islam Panayev

“Stroy vektor” MChJ ta’sischisi,

“Panamilk” savdo belgisi ostida sut va sut mahsulotlarni

qayta ishlab chiqarish korxonasi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1860
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+