Partiyaviy loyihalar g‘oliblariga banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi navoiylik yoshlarning O‘zLiDePga qiziqishini oshirdi

29.01.2018, 10:56

Partiyaviy loyihalar g‘oliblariga banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi navoiylik yoshlarning O‘zLiDePga qiziqishini oshirdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi “Mikrokreditbank” ATB viloyat filiali bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni tushuntirish, targ‘ibot qilish maqsadida seminar tashkil etdi.

Seminarda O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashining yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri J.Aslonov so‘zga chiqib, qarorda belgilangan vazifalarni tushuntirish bilan bir qatorda yoshlarni partiyaviy loyihalarda faol ishtirok etishga undadi, loyiha g‘oliblariga banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori O‘zLiDeP  g‘oya va maqsadlariga hamohang ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida “Mikrokreditbank” ATBning viloyat filiali boshlig‘i T.O‘rinov ushbu qaror mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik sub’ektlari va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida bank tomonidan ajratiladigan kam foizli kredit turlari bo‘yicha yig‘ilganlarga tushuncha berdi.

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    859
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+