Tomorqadan samarali foydalanayotganlar o‘rtasida tanlov e’lon qilindi

29.01.2018, 17:41

Tomorqadan samarali foydalanayotganlar o‘rtasida tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Qishloq xo‘jalagi hodimlari kuni” munosabati bilan so‘zlagan nutqida hududlardagi sektorlar rahbarlari uyma-uy yurib, aholiga tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan zarur tavsiya va amaliy yordam berish mexanizmini ishlab chiqib, amalga oshirishi lozimligini ta’kidlagan edi.

Bu ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish natijasida tomorqalardan meva, sabzavot, kartoshka, ko‘kat, dukkakli va boshqa mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlari yanada kengayadi.

O`zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi bu borada o‘zining tashabbusini ko‘rsatib, Farg‘ona viloyatidagi “Fermer va tomorqachi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Unga muvofiq endilikda gazeta O`zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi hammuassisligida chop etiladigan bo‘ldi.

—Gazeta sahifalarida asosan fermerlik yo‘nalishidagi yangiliklar, hamda tomorqachilik yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar, aholi daromadlarini oshirish uchun tomorqadan samarali foydalanish sirlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashning zamonaviy usullari to‘g‘risida “Boy bo‘lishni hohlaysizmi...”, “Tadbirkorlik saboqlari” va “O‘zingizdagi barcha imkoniyatlardan foydalaning!” kabi bir-biridan qiziqarli ruknlar ostida ma’lumotlarni doimiy ravishda yoritib boramiz, - deydi nashr bosh muharriri Ahmadali Teshaboyev. —Shuningdek, O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorlik boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida tomorqadan samarali foydalanayotgan yurtdoshlarimiz o‘rtasida tanlov e’lon qildik. Tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lganlar partiyaning hududiy bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.  

Kelgusida gazetaning veb-saytini yaratish va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini ochish ham rejalashtirilgan. O‘zaro hamkorlik qilish istagida bo‘lsangiz fermergazeta@mail.ru elektron pochtasi hamda (91) 113-81-57 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Abror Otaboyev,

O`zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1939
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+