Islom Karimov xalqimiz qalbida tinchlik, farovonlik rahnamosi sifatida mangu yashaydi

29.01.2018, 18:10

Islom Karimov xalqimiz qalbida tinchlik, farovonlik rahnamosi sifatida mangu yashaydi

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash, yorqin xotirasini abadiylashtirish, uning buyuk jasoratini o‘sib kelayotgan navqiron avlod vakillariga yetkazish maqsadida Mustaqillik me’mori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, partiya faollari, Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari, davlat mukofoti sovrindorlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab tadbir ishtirokchilari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasidagi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Shundan so‘ng, tadbir avvalida ishtirokchilarga Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli hujjatli film namoyish etildi.

– Xalqimiz buyuk davlat va siyosat arbobi bo‘lgan Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovni doim qalbida mangu saqlaydi, – deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri D.Kamoliddinov. – Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatiga asos soldi va buyuk taraqqiyot yo‘liga olib chiqdi. Bu ulug‘ inson odamlar mehrini qozondi, qalbidan chuqur joy oldi. Birinchi Prezidentimizning xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirgan beqiyos ishlari tarix sahifalariga abadiy muhrlanadi. 

Tadbirda ishtirokchilar butun umrini elu yurtimiz ravnaqi, baxti uchun bag‘ishlagan buyuk inson Islom Abdug‘aniyevich Karimov qalblarimizda abadiy qolishini va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashashini ta’kidlab o‘tishdi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2097
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+