Ozod va obod Vatanga baxshida umr

29.01.2018, 18:14

Ozod va obod Vatanga baxshida umr

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir Islom Karimovning jasorati va matonati, mustaqilligimizni mustahkamlashda amalga oshirgan buyuk ishlari bilan yanada kengroq tanishtirishga bag‘ishlandi. Shuningdek, Islom Karimovning asl o‘zbek o‘g‘loni sifatida o‘z vatanini chin ko‘ngildan sevgani hamda ota-bobolarimizning azaliy orzusi bo‘lmish eng oliy ne’mat - Mustaqillikni tortiq etgani, uning taraqqiyoti uchun bor kuch va g‘ayratini safarbar etganiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan Z.Ahmedova Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hayoti va faoliyati davomida suveren, mustaqil O‘zbekistonni barpo etib, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratib, halq tinchligi va totuvligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi xaqida atroflicha so‘zlab berdi.

Tadbir yakunida litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Ozod va obod Vatanga bahshida umr” shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida g‘olibilikni qo‘lga kiritgan 5 nafar yoshga O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.ORIPOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2153
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+