Xotira turniri Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlandi

29.01.2018, 18:30

Xotira turniri Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlandi

Kuni kecha O‘zbekiston – Liberal-demokratik partiyasi Chilonzor tuman Kengashi tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sportning minifutbol turi bo‘yicha Xotira turniri o‘tkazildi.

Musobaqada 18 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yettita jamoaga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar.

—Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov barcha sohalar qatori mamlakatimizda sportni rivojlantirishga ham juda katta e’tibor qaratganlar, - deydi Xalq deputatlari Toshkent shahar Chilonzor tuman Kengashi deputati Alisher Muksinov. —Ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom, barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari uchun “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Unversiada” kabi uch bosqichli sport musobaqalarini tashkil etishda shaxsan o‘zlari tashabbus ko‘rsatib, uning ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlaganlar. Ushbu musobaqalarda ishtirok etgan ko‘plab yoshlarimiz Osiyo, Jahon chempioni, degan yuksak unvonlarga sazovor bo‘lishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda 3-o‘rin "Everest" jamoasiga, 2-o‘rin  "Qorasuv" jamoasiga va 1-o‘rin “O‘zLiDeP jamoasiga nasib etdi.

G‘oliblarga Xotira kubogi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Sayyora Asranova,

O’zLiDeP Matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1373
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+