“Yosh liberallar” klubi yigit-qizlarimizning siyosiy bilimlarini oshirmoqda

30.01.2018, 16:35

“Yosh liberallar” klubi yigit-qizlarimizning siyosiy bilimlarini oshirmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Yosh liberallar” klubi faoliyatini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakatimizda yoshlarlarning siyosiy faoolligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan isloxotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. “Yosh liberallar” klubi safida xizmat qilib o‘z hududlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etishga hissa qo‘shishga, xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalarida faol ishtirok etib, azmu shijoat, tashabbus ko‘rsatishlari kerakligiga da’vat qilindi.

– “Yosh liberallar” klubi ijtimoiy-siyosiy faolligimizni oshirishga xizmat qilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” qoshidagi “Kelajak deputatlari” guruhi a’zosi Bobur Qorabayev. Bunda biz deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishyapmiz, shu bilan birga hududlardagi muammolarni hal etishda va qabul qilingan qonunlarni hayotga tadbiq etishda hissa qo‘shyapmiz. Kelajakda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga munosib nomzod bo‘lib yetishib, o‘z hududim, yurtim ravnaqiga munosib hissa qo‘shaman, deb va’da beraman.

Tadbir yakunida klub faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar tinglandi.

Musoxon YuSUPJONOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1465
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+