Imkoniyatlarni ishga solamiz

30.01.2018, 16:41

Imkoniyatlarni  ishga  solamiz

Muhtaram Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida voha ahlini qiynab kelayotgan qator muammolarni maqbul yechimlarini topishda yaqindan yordam beradigan bo‘ldi. Xususan, Dehqonobod, Mirishkor va Chiroqchi kabi iqtisodiy og‘ir tumanlardagi muammolarni bartaraf etishda Xonqa usulidan samarali foydalanish zarurligini aytib o‘tdilar. Tumanimizda ichimlik suv ta’minoti, ishsizlik, ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi kamchiliklar borki, biz ulardan ko‘z yuma olmaymiz. Sababi hali hanuz tumanimizda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilayotgani yo‘q. Agar dehqonchilik madaniyati rivojlantirilib, lalmikor maydonlardan samarali foydalanilsa, odamlarning turmush farovonligi yanada oshishi turgan gap. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, ko‘pchilik odamlar tomorqalaridan samarali foydalanilayotgani yo‘q. O‘zi ham ishlatmaydi, birovga ham bermaydi. Bunday loqayd kishilar katta jarimaga tortilishi ham ularning yerga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartiradi deb o‘ylayman. Chiroqchi sarhadlari bepoyon, minglab gektar yerlar yastanib yotibdi. Ularga suv chiqarib, dehqonchilik qilib millionerga aylanib borayotganlar ham bor. Ammo ko‘pchilik oltinga teng yerlarimizdan samarali foydalanmas ekanmiz, farovonlikka erishib bo‘lmaydi.

Davlatimiz rahbari vodiy viloyatlarining tomorqadan samarali foydalanish borasida ibratli ishlari haqida aytib o‘tdilar. Tan olish kerak vodiy aholisi yerning har qarichidan unumli foydalanadi. Biz ulardan har qancha o‘rgansak arziydi. Shuni hisobga olib, bu yil mahallamizdagi 20 nafar yosh xonadon sohiblari bilan vodiy viloyatlariga sayohat uyushtirishni rejalashtirdim. Bundan maqsad ularning kichik biznes va tadbirkorlik sohasidagi yutuqlari, tomorqadan foydalanish tajribasini yaqindan o‘rganish va tumanimizdagi yoshlar va xonadon sohiblariga o‘rgatishdir.

Bugungi kunda partiyamiz deputatlari va faollari oldida ham katta mas’uliyatli vazifalar turibdi. Biz mamlakatda islohotlarni jadallashtirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuchmiz. Shunday ekan, faoliyatimizga tanqidiy-tahliliy nazar tashlagan holda, yurtboshimiz tomonidan oldimizga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni bajarishda yanada samaraliroq faoliyat olib borishimiz shart. Bugungi zamon talabi ham mana shu.

Momosuluv BERDIQULOVA,

“Chiroqchi” MFY raisi,

Xalq deputatlari Qashqadaryo

viloyat kengashi deputati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1250
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+