O‘zLiDePning “Start up invest” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda surxondaryolik ikki nafar talabaga imtiyozli kredit beriladigan bo‘ldi

31.01.2018, 19:29

O‘zLiDePning “Start up invest” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda surxondaryolik ikki nafar talabaga imtiyozli kredit beriladigan bo‘ldi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va “Yagona darcha” markazi bilan hamkorlikda Termiz Davlat Universitetida “Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash – taraqqiyot garovi” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.   

Tadbirda dastlab Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 avgustdagi “Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi  Qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

Tadbir davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini sohaga keng joriy qilish maqsadida Termiz Davlat Universitetning bir guruh talabalari o‘zlarining biznes g‘oyalari taqdimotini o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda “START UP INVEST” loyihasida mukammal biznes g‘oyalari bilan qatnashgan ikki nafar talabaga imtiyozli kredit olish uchun yo‘llanma berildi.

         Murod EShNAZAROV,

                                                                          O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1571
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+