Mahalliy ishlab chiqaruvchilar e’tiborda

09.10.2017, 16:42

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar e’tiborda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida Prezidentimizning 2017 yil 29 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida “Milliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyatlar yaratish – iqtisodiy taraqqiyot va raqobatbardoshlikning muhim omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, deputatlik korpusi vakillari, importyor korxonalar rahbarlari va fermerlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijdan olib kelinadigan xomashyo va materiallar bilan ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida fikr yuritildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimizning mazkur qarori bilan importyor korxonalar uchun neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda chorva mollari, baliq mahsulotlari, kartoshka, sut, un va boshqa birlamchi oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan import bojlari bekor qilindi. Shuningdek, pul-kredit siyosatini erkinlashtirish sharoitida aholining iste’mol talabini qondirish va narxlar o‘sishini oldini olish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskuna va tarkibiy qismlarni import qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish ko‘zda tutilgan. 

Tadbirda joriy yilning 1 oktyabridan 94 guruhga tasniflangan mahsulotlarga yangi boj stavkalari, 34 guruhdagi tovarlarga esa yangi stavkadagi aksiz soliqlar joriy etilishi to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi. 

Davra suhbati davomida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi importyor korxonalar mahsulotlari importi bilan bog‘liq muhim masalalar, tarmoq eksport-import salohiyatini yanada oshirishda mavjud imkoniyatlar va dolzarb vazifalar muhokama etildi.

Tadbir so‘nggida qarorni keng aholi qatlami, tadbirkorlar va fermerlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1535
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Асилабону Султонова Қашқадарё вилояти2018-06-18 15:51:46

Мухтарам Президентимизнинг “Аҳолининг ижтимоий заиф қатлами бандлигини таъминлашни рағбатлантиришнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида”ги ушбу Қарори бу мамлакатимизда олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг ёрқин намунасидир.


Олимжон Мовланов2018-06-18 13:22:23

"Ногиронлиги бўлган шахслар" деб юритилади энди


Fikringizni qoldiring

+