Karmanadagi sayyor qabulda fuqarolar bankdan kredit olish va sirtqi bo‘limga o‘qishga kirish bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishdi

31.01.2018, 19:36

Karmanadagi sayyor qabulda fuqarolar bankdan kredit olish va sirtqi bo‘limga o‘qishga kirish bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishdi

O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Karmana tumanida ichki ishlar, obodonlashtirish bo‘limlari, tijorat banklari, sog‘liqni saqlash, bandlikka ko‘maklashish markazi, tuman elektr ta’minoti bo‘limi va vakillik organlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Sayyor uchrashuvda hudud aholisi tomonidan yo‘llarni asfaltlash, ko‘chalarni yoritish bilan bog‘liq masalalar, oqava suv yetkazib berishdagi mavjud muammolar, yer-joy, uy-joy olishda, ishga joylashishda hamda kredit olishda hamda boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.

– Tadbir faollariga tadbirkorlik faoliyatimini yo‘lga qo‘yish uchun bankdan kredit olish masalasida murojaat qildim, – deydi “Dehqon” MFY Sharq ko‘chasi 44-uyda yashovchi fuqaro S.Kozimov. – Ushbu murojaatimga javoban, tuman Mikrokredit banki xodimi kerakli xujjatlar bilan bankka murojaat qilishimni va kredit olish masalasi bo‘yicha yordam berishini ma’lum qildi. Sayyor uchrashuvni tashkil etgan O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi faollariga minnatdorchilik bildiraman.

Tadbir davomida bir qancha murojatlar tinglandi. Shular qatorida “Dehqon” MFY Katta-Qo‘rg‘on ko‘chasi 38-uyda yashovchi fuqaro T.Isroilov o‘zi va turmush o‘rtog‘i ma’lumoti o‘rta-maxsusligini, ko‘p yillar maktabda ishlab kelganligini bildirib, 2018 yil sirtqi bo‘limga o‘qishga kirishda yordam berishlarini so‘rab murojaat qildi.

Ushbu murojaatga javoban, Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi T.Xalilova viloyat xalq ta’lim boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborishini ayti.

             Ch.RADJABOV

 O`zLiDeP Navoiy viloyat Kengashining

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    990
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+