Innovatsion texnologiyalar – kichik va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigidir

01.02.2018, 15:49

Innovatsion texnologiyalar – kichik va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigidir

O‘zLiDeP Urgut tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tumandagi “Urgut Zumrad olmosi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2018 yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan “Innovatsion texnologiyalar – kichik va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imkoniyatlar” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda partiyaning Urgut tuman Kengashi xodimlari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq deputatlar tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, korxonada faoliyat yuritayogan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir partiyaning g‘oyaviy maqsad-vazifalarini joylarda targ‘ib etish, elektoratimiz safini yanada kengaytirish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb qilish, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, Murojaatnomada tadbirkorlik sub’ekti vakillarini ikki yilgacha tekshirmaslik taklifi tadbirkorlar uchun faoliyatini yanada kengaytirishga, yangi innovatsiya va texnologiyalarni olib kelishga, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etishga qulay sharoit va imkoniyat yaratadi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3628
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+