O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi yordami bilan 40 nafar xotin-qiz ish bilan taminlandi

01.02.2018, 15:56

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi yordami bilan 40 nafar xotin-qiz ish bilan taminlandi

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashidagi “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” tomonidan tumandagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Hazorasp Shirt” xususiy korxonasida tadbir tashkil etildi.  

Uchrashuv davomida ishtirokchilar “Hazorasp Shirt” xususiy korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ushbu xususiy korxonada 25 nafar ishchi xodim ish bilan bandligi ta’minlangan bo‘lib, turli xildagi erkaklar kiyimini ishlab chiqarish barobarida hozirda mahsulotlar chetga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan. 

– Korxonamizda buyurtmachilarning xohishiga qarab hamma turdagi erkaklar kiyimi tayyorlanadi, – deydi korxona ish boshqaruvchisi N.Tojiyeva. – Endilikda biz faoliyatimizni kengaytirish maqsadida bankdan 250 mln. so‘mlik kredit olib, yana qo‘shimcha 40 ta yangi ish o‘rini yaratishni rejalashtirganmiz.   

– Men bugungacha ishsiz edim, – deydi D.Yusupova. – Oilaviy sharoitim yaxshi emas, bir necha bor ish so‘rab mahalla mutasaddilariga murojaat qildim, ammo natija bo‘lmadi. Bugun partiya yordami bilan mazkur korxonada ish boshlaydigan bo‘ldim.

Uchrashuv so‘ngida ish so‘rab murojaat qilgan 40 nafar xotin-qizning hammasi yangi ochilayotgan tikuv sexiga ishga joylashtirildi.  

                                                  Musharraf Raximova

O‘zLiDeP Xorazm viloyat

Kengashi Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1534
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+