O‘zLiDeP loyihasi doirasida Surxondaryodagi 2565 oilaning shaxsiy tomorqasidan foydalanish ko‘nikmasi shakllantirdi

01.02.2018, 16:06

O‘zLiDeP loyihasi doirasida Surxondaryodagi 2565 oilaning shaxsiy tomorqasidan foydalanish ko‘nikmasi shakllantirdi

Aholining o‘z tomorqasidan unumli foydalanishi orqali bozorlarimizni arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlash xalqimiz turmush faravonligining muhim garovidir. Shu bois o‘z tomarqasidan unumli foydalangan holda fuqarolarimizning qo‘shimcha daromad olishlariga ko‘maklashish partiyamizning doimiy e’tiboridagi masaladir.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi boshlangich partiya tashkilotlari bilan  ishlash guruhi tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida o‘tkazayotgan muloqot va uchrashuvlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aholida tomorqadan unumli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdin iborat. O‘tgan yilda ayni shu maqsadda barcha boshlang‘ich partiya tashkilotlari vohamizning 3230 nafar oilasi biriktirildi va 2565 nafar oilaning o‘z shaxsiy tomorqasidan foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi. Natijada oilaviy tadbirkorligini boshlashlamoqchi bo‘lgan 150 nafardan ortiq oilaga O‘zLiDeP mahalliy Kengash deputatlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ta’kidlash joiz, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashida 646 ta quyi bo‘g‘in faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilning o‘zida 20 dan ziyod yangi quyi bo‘g‘inlar faoliyat boshlagan. 

 Zebiniso QURBONOVA,

                                                                                                                O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan 

ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1478
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+