O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi yoshlarga “Mikrokreditbank”ning imtiyozli kreditlaridan foydalanishni tavsiya qildi

01.02.2018, 16:12

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi yoshlarga “Mikrokreditbank”ning imtiyozli kreditlaridan foydalanishni tavsiya qildi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi, “Mikrokreditbank” ATB va Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Qarshi filiali bilan hamkorlikda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi.  

Tadbirda “Mikrokreditbank” viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari  J.Murtozaqulov, bankning kredit bo‘limi boshlig‘i B.Sharopov, O‘zLiDeP viloyat Kengashi biznes tuzilmalari va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri A.Pirnazarovlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Muloqotda O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi apparat rahbari A.Sherov  yoshlarda tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida tatbiq etilgan partiyaning “Yosh fermer”, “Tadbirkorlar muloqot forumi”, “Mulkdor oila” “Startup invest”, “Startupexport”, “Startup innovation” loyihalari o‘quvchi yoshlarning qiziqishlariga sabab bo‘layotgani haqida gapirib o‘tdi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish davomida bugungi kunda ko‘plab yoshlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib faoliyatlarini boshlaganlarini takidladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Prezidentimizning 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tamonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati, tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va qulayliklar haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.

 O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1752
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+