O‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmaydi

02.02.2018, 16:47

O‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmaydi

Marg‘ilon shahrida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlariga qarshi kurashishga bag‘ishlangan "Qat’iy hayotiy qarashlar va o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmas" shiori ostida "O‘z bolangni o‘zing asra!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek bugungi kunda xotin-qizlar o‘rtasida zararli illatlar tarqalishining oldini olish, kollej bitiruvchi qizlarning bandligiga ko‘maklashish, chetga chiqib  ketayotgan ayollarga o‘z oilaviy biznesini yo‘lga qo‘yishga yaqindan ko‘mak berish muhim ahamiyatga ega.

Bu borada partiya viloyat Kengashi tomonidan faol jamoatchilik nazoratini tashkil etish masalasi, xotin-qizlarning ma’naviy dunyosini boyitish, zamonaviy ayol tafakkurini shakllantirish, xususan, qishloqlarda yashayotgan yosh qizlarni tadbirkorlikka qiziqtirish, fermer ayollar safini kengaytirish partiyaning ustuvor vazifalariga aylangan.

Mavzular yuzasidan bahs munozaralarda joylarda ayollar faolligini oshirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan takliflar bildirildi. Shu bilan bir qatorda hududlarda xotin-qizlarning faoliyatini qo‘llab quvvatlashning xolati  chuqur tahlil qilindi.

Ayniqsa, viloyatning har bir ta’lim muassasalarida yoshlarni majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish yo‘li bilan sog‘lom oila qurish, qarindoshlik nikohi profilaktikasini shakllantirish, shuningdek ushbu masalalarni hal qilishga qaratilgan internet sayti yaratib, ularda deputatlar, tibbiyot sohasining malakali mutaxassislari, psixologlar, tajribali mahalla oqsoqollari va maslahatchilari ishtirokida muloqotlar tashkil etish eng maqbul yo‘l ekanligi qayd etildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1593
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+