O‘zLiDeP deputatlari Jizzax aholisini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalasini muhokama etishdi

02.02.2018, 19:02

O‘zLiDeP deputatlari Jizzax aholisini sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalasini muhokama etishdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha Jizzax shahrida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sho‘‘basi boshlig‘i Alijon Xolxo‘jayev hamda “Jizzax Dori-Darmon” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Jizzax shahar 1-son dorixona mudiri Farhod Yusupovlarning hisoboti eshitildi.  

Hisobotda ta’kidlanganidek, Jizzax shahar aholisi va sog‘liqni saqlash muassasalarni arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, aholini va davolash profilaktika muassasalarini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha “Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning belgilangan narxlar ro‘yxati” bo‘yicha cheklangan narxlardagi 116 tur mahalliy va 167 turdagi chetdan sotib olingan import dori-darmon va tibbiy buyumlar ro‘yxati barcha dorixonalarda iste’molchilar uchun ko‘rinarli joyga qo‘yilgan hamda belgilangan narxlarda sotilmoqda.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Akrom ShAXAROV, 

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1439
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+