O‘zLiDePda valyuta siyosatini liberallashtirish masalalari muhokama qilindi

06.09.2017, 16:52

O‘zLiDePda valyuta siyosatini liberallashtirish masalalari muhokama qilindi

2017 yilning 6 sentabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Chuqur o‘ylangan valyuta islohotlari biznes muhitini yanada yaxshilashning muhim omili sifatida”mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda Prezidentimizning joriy yil 2 senyatbrda qabul qilingan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati partiya faollari, elektorati - tadbirkor va fermerlar o‘rtasida keng muhokama qilindi.

Davra suhbatida deputatlar, vazirlik va idoralar, banklar vakillari, ekspertlar, tadbirkorlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbati ishtirokchilari Prezidentimizning ushbu Farmonini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda oldinga tashlangan nihoyatda katta qadam sifatida baholashdi.

Chunki, ushbu Farmonning kuchga kirishi bilan shu vaqtgacha mavjud bo‘lib kelayotgan valyuta munosabatlariga haddan ziyod aralashuv, tashqi savdo va tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga kelgan tengsizlik holatlariga chek qo‘yilganligi aytildi. Ayniqsa, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini murakkablashtirib kelgan, davlatning eksportni qo‘llab-quvvatlash borasidagi siyosati samaradorligini cheklanishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan tashqi muhitga moslashtirilmagan kurs siyosatidan voz kechilganligi mamlakat iqtisodiyoti uchun misli ko‘rilmagan burulish sifatida baholandi. 

Valyuta siyosatini erkinlashtirish yuridik va jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani erkin xarid qilish, milliy valyutani ayrboshlash kursini faqat bozor mexanizmlari yordamida aniqlash, eksport xajmini oshirish, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur tadbirkorlik muhitini yaratish borasida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekistonda valyuta siyosatini erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tizimliligiga alohida e’tibor qaratishib, ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilib borilishiga asoslangan ushbu yondoshuv bugungi kunga kelib yurtimizda valyuta bozorini liberallashtirish uchun zarur sharoit yaratilishiga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldi olinishiga asos yaratganligi ta’kidlandi. 

Shu bilan birga valyuta tizimini isloh qilish iqtisodiyotda narxlarning o‘zgarishini samarali nazorat qilishni ta’minlashga qaratilgan pul-kredit siyosatining yangi mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishni taqozo etishi to‘g‘risida ham fikrlar bildirildi.

Davra suhbatida ishtirok etayotgan eksport blan shug‘ullanuvchi bir qator tadbirkorlik sub’ektlari vakillari tomonidan kurs o‘zgarishi bilan ular faoliyatida yuzaga kelgan ayrim masalalar ham o‘rtaga tashlandi. Xususan, mahsulotlar va xizmatlar narhi AQSh dollarida belgilanib, Markaziy bank kursida to‘lanadigan bir qator yo‘nalishlarda narhlarning keskin oshishi biznes sub’ektlari maxsulotlari tannarxiga ta’sir qilib, jahon bozorida raqobatbardoshligini yo‘qotmasligi, yoki ayrim bir O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarning o‘zgarishi bilan import mahsulotlari oldida o‘z jozibadorligini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun tegishli idoralar qanday choralarni rejalashtirayotganligi to‘g‘risidagi savollar shular julasidindir.

Savollarga Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan tegishli javoblar olindi.

Xulosa o‘rnida davra suhbati ishtirokchilari mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yangi sifat darajasini ochib bergan ushbu qadam avvalo mamlakat rahbarining kuchli siyosiy irodasidan, mamlakatni zamonaviy rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishga xalaqit qilayotgan har qanday to‘siqlarni hech bir mubolag‘asiz bartaraf etishga tayyorligidan dalolat berishi yana bir bor ta’kidlandi.

Mamlakat taqdiri uchun nihoyatda muhim, shu bilan birga murakkab jarayonlarda O‘zLiDeP faollari, barcha partiyadoshlar, tadbirkorlar va fermerlar qatlami rahbarimiz atrofida baqamti turib, sadoqat bilan ishlashi, olib borilayotgan siyosatning har bir sohada muvaffaqiyat bilan borishiga har kim o‘z joyida, ayniqsa xududlarda bor kuchi bilan hissa qo‘shishi lozimligiga chaqirildi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1809
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш булими мудири Т.Абдуллаев2018-06-22 12:14:19

Афсуски, ёшлар бугун турли бузғунчи ва террористик кучлар учун объект бўлиб қолиб, улар ўз усуллари орқали йигит-қизларнинг ҳали шаклланмаган онгига таъсир кўрсатган ҳолда ўзининг жаҳолат гирдобига тортиб кетиш мақсадини кўзда тутади. Умуман олганда, ШҲТда ёшлар мавзуси, партия фикрича, давлатлараро мулоқотнинг устувор йўналишларидан бири сифатида кўриб чиқилиши мумкин. Ўз навбатида, таълим ва маориф тизимини такомиллаштириш, ёшларни энг замонавий билимларга ошно этиш самарали тизимини яратиш масалаларига эътибор қаратиш лозим.


Дониёр2018-06-20 19:43:34

Бизнинг юртимизда одам хукукларини, (айникса еш болаларнинг ва аелларнинг хукуклари) бузилиши хар куни руй беради. Уззлидеп Умумжахон инсон декларацияси принципларига (всемирная декларация прав человека) янада купрок этибор берса максадга мувофик булар эди


А.Ўрмонова Тошлоқ тумани Кенгаши аппарат рахбари2018-06-13 09:46:15

O‘zLiDeP Ўзбекистоннинг ШҲТдаги мазкур ташаббусини ёш авлодда терроризм ва экстремизм мафкурасига қарши барқарор иммунитетни шакллантириш борасидаги навбатдаги қадам сифатида қабул қилади. Афсуски, ёшлар бугун турли бузғунчи ва террористик кучлар учун объект бўлиб қолиб, улар ўз усуллари орқали йигит-қизларнинг ҳали шаклланмаган онгига таъсир кўрсатган ҳолда ўзининг жаҳолат гирдобига тортиб кетиш мақсадини кўзда тутади. Умуман олганда, ШҲТда ёшлар мавзуси, партия фикрича, давлатлараро мулоқотнинг устувор йўналишларидан бири сифатида кўриб чиқилиши мумкин. Ўз навбатида, таълим ва маориф тизимини такомиллаштириш, ёшларни энг замонавий билимларга ошно этиш самарали тизимини яратиш масалаларига эътибор қаратиш лозим. Шанхай ҳамкорлик ташкилоти аъзо давлатлар ёш авлоди вакиллари ўртасида турли соҳаларда ҳар томонлама ҳамкорликни кенгайтиришга қаратилган.Бунда ушбу Дастурни амалга ошириш бўйича алоҳида масъулият ШҲТ Ёшлар кенгаши зиммасига юкланади.Экстремизм ва терроризмнинг турли кўринишларига қарши курашга тайёр бўлган ёшлар ташкилотлари ўртасида мулоқотни йўлга қўйишга мумкин.


Fikringizni qoldiring

+