“Yosh liberallar” klubi a’zolari deputatlar bilan muloqot qildi

02.02.2018, 19:45

“Yosh liberallar” klubi a’zolari deputatlar bilan muloqot qildi

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini shakllantirish partiyamizning ustuvor vazifalaridan biridir.

 Ana shu maqsadda O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zLiDeP viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” bo‘limi mudiri A.Annaxasanov, partiya tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari G.Matmuratova va  D.Abulov hamda “Yosh liberallar klubi”ning faol yoshlari qatnashdilar.

Uchrashuvda deputatlarimiz “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan partiyaviy vazifalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida fikr bildirdilar.

– Bugungi kunda tumanimizda yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini oshirish, ularni parlamentda ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirishimiz zarur, – deydi O‘zLiDeP Hazorasp tumani Kengashi raisi o‘rinbosari, apparat rahbari G‘.Xudayberganov. – Bu qonunlarni hayotga tatbiq etishda yoshlarning ishtirokini kuchaytiradi, deputatlik guruhlari yig‘ilishlariga yoshlar bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish va bevosita ushbu yig‘ilishlarda partiyaning faol yoshlarini ham ishtirokini ta’minlashga imkon yaratadi. 

Uchrashuvda yangi qonun loyihalari, deputatlik faoliyati, joylardagi muammolarni hal etilishida deputatlik so‘rovlarini shakllantirish, kelgusi saylovlarga mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlarni tayyorlash kabi mavzularda savol-javoblar bo‘ldi.

O.Qalandarova 

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi

deputatlik guruhi bilan ishlash

 bo‘yicha ijrochi kotib

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1458
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+