Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va hududlardagi epidimologik vaziyatni nazorat qilish – O‘zLiDeP deputatlari e’tiborida

02.02.2018, 19:56

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va hududlardagi epidimologik vaziyatni nazorat qilish – O‘zLiDeP deputatlari e’tiborida

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida hamda kelgusida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar xususida “Suvoqova” DUK Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Yusupov hamda yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Payariq tuman DSENM bosh vrachi o‘rinbosari O.Abduvaxobov deputatlarga axborot berdi.

Payariq tuman Davlat sanitariya va epidemologiya nazorat markazi bosh vrachi o‘rinbosari O.Abduvaxobov ta’kidlashicha tumanda virusli gepatit kasalliklari buyicha o‘tgan yilda sanitariya qoida va me’yorlariga javob bermagani uchun 19 ta ta’lim ob’ekti faoliyati vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Joriy yil davomida sanitariya nazorati davomida 52 nafar shaxsga nisbatan mamuriy jarima qo‘llanildi.

2017 yil Payariq tuman suvoqova DUK tomonidan Prezidentimizning “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiyasi tizimlarini kompleks rivojlantirish xamda moderinizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Payariq tumanida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar suv va suv resuslarini muhofaza qilish, muhofaza etiladigan hududlar, chiqindilar, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar asosida olib borilmoqda. Bu esa tumanda ekologik vaziyatni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. 

Yig‘ilishda deputatlar tumanda sanitariya va epidemologiya nazoratini olib borish hamda ichimlik suvi inshootlarini qurish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga jiddiy e’tibor qaratish yuzasidan fikr-mulohazalarini  bildirdilar.

Nodir TO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi partiyaning

deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2648
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Namoz2021-09-03 16:32:18

Assalomu aleykum hurmatli partiya a'zolari. Sir emaski qishloq aholi punktlarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi hali hanuz muammoli vaziyatliligicha qolmoqda. Ayniqsa Buxoro viloyatida vaziyat ayanchli. XXI asr texnika texnologiya rivojlangan dunyoda bizda hali hanuz traktorlarda va turli moshinalarda suv olib kelinadi. Bu esa rivojlanishmizga jiddiy ta'sir qiladi. Qoloq bo'lishimizga sabab bo'ladi. Shu jihatlarga jiddiy e'tibor berishingizni sòrayman.


Fikringizni qoldiring

+